Soha fidoyilaridan bir guruhiga mukofotlar topshirildi
Joriy yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 30 yil boʻldi.
Xorazm viloyati IIB da boʻlib oʻtgan tantanali yigʻilish aynan ushbu sana munosabati bilan taqdirlangan bir guruh fidoyi xodimlarga mukofotlarni topshirish munosabati uyushtirildi.
Yigʻilishda Xorazm viloyati IIB boshligʻi general-mayor D.A.Nazarmuxamedov soʻzga chiqib oʻz nutqida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni yanada takomillashtirish, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan keyin taqdirlangan xodimlarga mukofotlarni topshirishga kirishildi.
Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga mukofotlar tantanali tarzda topshirilgan boʻlsa, oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlardan yana bir guruhiga Ichki ishlar Vazirining buyrugʻiga asosan “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, esdalik qoʻl soati, pul mukofotlari hamda “Faxriy yorligʻi” topshirildi.
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan xodimlarga koʻrsatilgan ushbu eʼtibor ularning kelgusida oʻz xizmat vazifalarini yanada zoʻr shijoat bilan amalga oshirishlarida maʼnaviy kuch berishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati