19 Yanvar 2023
367
Sovuq kunlarda aholiga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
Joriy yilning 18 yanvar kuni ham O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati va xodimlari tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Rohat, Zilola, Mirishkor va Majnuntol mahallalarida yashovchi kam taʼminlangan, moddiy ko‘makka muhtoj, keksa va bemorlari bor 17 nafardan ziyod oilalarga osh olib borildi.
Shu bilan birgalikda tuman mahallalari aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoat joylarini qor va muzlamalardan tozalash ishlar davom etmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati