26 Noyabr 2021 4572

Soxta veb-resursdan ehtiyot boʻling, undan internet-firibgarlar foydalanadi

Soʻnggi vaqtlarda internet-firibgarlari tomonidan fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablagʻlarini turli xil noqonuniy uslublar yordamida talon-taroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan oʻtkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan oʻzlarining bu kabi jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun “Click” MCHJning rasmiy veb-saytiga oʻxshash boʻlgan resurs (havolasi: https://click.payer84849.ru/unlock68176685) faoliyatini yoʻlga qoʻyib, uning imkoniyatlaridan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur «feyk» resurs orqali roʻyxatdan oʻtmasdan turib, 13 mln. soʻmni olishi mumkinligi, buning uchun foydalanuvchilarning telefon raqami va unga bogʻlangan bank plastik kartasi maʼlumotlari (karta raqami, amal qilish muddati) hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablagʻga ega boʻlish istagida boʻlgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qoʻlga kiritilishiga va undagi mablagʻlarni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa “Click” MCHJ mijozlarini mazkur «feyk» veb-resursning noqonuniy faoliyati toʻgʻrisida ogoh boʻlishlarini, toʻlov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlarini soʻrab qolamiz.

Ogoh boʻling! Internet-firibgarlari tomonidan yaratilgan soxta veb-resurslarga kirib, yengil yoʻllar bilan daromad topish toʻgʻrisidagi yolgʻon xabarlarga ishonib qolmang!

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага