Spirtli ichimlik ichib avtotransport boshqargan shaxs xodimga pora taklif qildi
Joriy yilning 17 mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiyotosh tumanida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida o'tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida shu tumanda yashovchi, A.Yu. avtotransport vositasini sportli ichgan holda boshqarib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Fuqaro A.Yu. sodir etgan qoidabuzarligi bo'yicha o'ziga nisbatan chora ko'rmaslik evaziga, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Taxiyotosh tumani IIB yo'l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosыnovga 5.000.000 (besh million) so'm pullarni pora tariqasida berishini taklif qilgan.
Holat yuzasidan, kapitan A.Bekbosыnov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asos, joriy yilning 25 mart kuni, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi hamda tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Taxiatosh tumani IIB yo'l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosыnovning xizmat xonasida fuqaro, A.Yu. o'ziga nisbatan chora ko'rmaslik evaziga taklif qilgan puldan ortiq miqdordagi 6.000.000 (olti million) so'm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Taxiyotosh tumani prokuraturasi tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati