11 May 2023 847

Sport doʻstlik va birdamlik ramzi

Sport oʻz-oʻzini tarbiyalash uchun yetakchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bois IIV huzuridagi JIED Beshinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar oʻrtasida muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etib boriladi. Mahkumlarning boʻsh vaqtlarini unumli band etish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida sportning milliy kurash turi boʻyicha 5-son JIEKda oʻtkazilgan musobaqa fikrimiz tasdigʻidir.

Muassasa birinchiligi uchun 5 ta vazn toifasida oʻzaro bellashgan polvon mahkumlar chiqishlari malakali hakamlar tomonidan baholab borildi.

Musobaqa soʻngida barcha gʻolib va sovrindorlarga diplom, medal va muassasa tomonidan ajratilgan esdalik sovgʻalar tantanali tarzda topshirildi.

"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur sport musobaqasi ishtirokchilarning nafaqat sogʻligʻini yanada yaxshilashga, balki ularning koʻtarinki kayfiyatiga sabab boʻldi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага