2 Iyun 2023 641

Stomatologiya klinikasidan oʻgʻrilik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga koʻra, nomaʼlum shaxs, stomatologiya klinikasiga eshik qulfini buzish yoʻli bilan kirgan. Shundan soʻng u 40 yoshli Maʼruf Z.ga tegishli boʻlgan jami 5.080 AQSH dollari va 118.200.000 soʻmlik turli xildagi stomatologik asboblar hamda tish implantlarini oʻgʻirlab ketgan.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 27 yoshli Baxtiyor K. aniqlanib, qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага