Suriyadagi terrorchilik tashkiloti faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, moliyalashtirib kelgan shaxs aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1994-yilda, Fargʻona viloyatida tugʻilgan Gʻ.O ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u yerda “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa oʻrnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1553, 2442 -moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar chet davlatlarida faoliyat yuritayotganingizda yoki taʼlim olayotganingizda ogoh boʻling. Terrorchilik tashkilotlari yollovchilarining taʼsiriga tushish hamda ularning faoliyatida qatnashish ogʻir oqibatlarga olib kelishini unutmang! Oʻz taqdiringizga befarq boʻlmang!
IIV TQD Terrorizmga qarshi kurashish xizmati