12 Aprel 2023 466

Surxondaryo viloyati IIB xodimlari oʻrtasida qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilish yuzasidan tanqidiy ruhda yigʻilish boʻlib oʻtdi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida, boshqarma boshligʻi polkovnik A.Ismoilov huzurida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda quyi tizim shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar orasida turli korrupsion hamda favqulodda roʻy beradigan salbiy holatlarni oldini olish, bu borada belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga bagʻishlangan tanqidiy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Ushbu yigʻilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Sh.Shadiyev va IIV SHXBB Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Q.Samandarovlar soʻzga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, faoliyat davomida korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, «xodimbay» ishlashni yanada kuchaytirish, shaxsiy tarkibning oila aʼzolari bilan mustahkam aloqa oʻrnatish koʻplab koʻngilsizliklarning oldini olishga xizmat qilishi yigʻilish ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shuningdek, yigʻilishda xizmat faoliyati davomida xizmat intizomiga rioya qilmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Har bir ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik hamda xizmat intizomiga rioya qilishi boʻyicha qattiq ogohlantirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага