11 Mart 2023 746

Surxondaryo viloyati IIO xodimlari bilan oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-10-son qarori, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 28-fevral kunidagi 51-son Farmoyishi talablariga asosan, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati xodimlariga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini chuqur singdirish hamda ularning fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyatini oshirish, vaziyatni toʻgʻri baholash va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilindi.

Oʻquv yigʻinida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Tibbiyot boʻlimining malakali xodimlari ishtirokida darslar oʻtkazilmoqda.

Oʻquv mashgʻulotidan koʻzlangan asosiy maqsad xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyatini chuqur singdirish hamda xodimlarning fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyati, vaziyatni toʻgʻri baholash va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini yanada oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, jangovar harakatlarda, vaziyat keskin oʻzgargan ekstremal sharoitlarda hamda jangovar shaylikning yuqori darajalarida samarali va ishonchli harakat qilishi, shuningdek yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur boʻlgan harbiy mahorat, tezkor-taktik fikrlash, shuningdek, yuksak axloqiy-ruhiy va jismoniy holatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tayyorgarlik mashgʻulotlari hisoblanadi.

Hozirda Surxondaryo viloyati IIBda qonunchilik normalari asosida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashga qodir boʻlgan, murakkab va favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qila oladigan xodimlarni tayyorlash boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага