20 Iyul 2022 3908

Surxondaryoda «Hizb ut-Tahrir» aʼzosi ozodlikdan mahrum etildi

Joriy yilning mart oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Jarqoʻrgʻon tumanida istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 1981-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan Alimov Botir Xurramovichning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgan edi.

Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, B.Alimov Internetning “Facebook” va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlarida “Oxirat hisobi” nomli profili orqali ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilib, virtual doʻstlariga «Hizb ut-Tahrir» DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

B.Alimovning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir»ning faol yollovchilari hisoblangan xalqaro qidiruvda boʻlgan quyidagi shaxslar tomonidan boshqarilgan.

Ular: “Mahmud Abdulmoʻmin” taxallusli 1980-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich va “Mansur Amin” taxallusli 1986-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tugʻilgan Eshmatov Suxrob Najmiddinovich

“Mahmud Abdulmoʻmin”

“Mansur Amin”

Joriy yilning iyul oyida B.Alimovning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Hurmatli fuqarolar, oʻzingiz va yaqinlaringizni Internet tarmogʻida va xorijda soxta Islom dini targʻibotchilarining taʼsiriga tushib, jinoyatchi boʻlishlariga yoʻl qoʻymang.

Oʻz oilangizni oʻzingiz asrang.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага