18 Iyun 2022 1799

Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga imtiyozli tavsiyanoma va taqdimnomalar topshirildi

Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ichki ishlari organlari tizimini tubdan takomillashtirish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda shu bilan bir qatorda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-sonli Qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga asosan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 375-son Qarori talablari asosida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma va taqdimnomalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir Surxondaryo viloyati IIBda bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tantanali tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.s.Ismoilov ishtirok etib, yoshlarga kelgusi mustaqil hayotida muhim o‘rin tutadigan o‘git va maslahatlarini berib o‘tdi. Shundan so‘ng, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan 81 nafar ichki ishlar organlari xodimlarining 90 nafar farzandlariga 3 yil davomida oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozini beruvchi “Tavsiyanoma” hamda “Taqdimnoma”larni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tantanali ravishda topshirdi va yoshlarga kelgusi o‘qishlariga omadlar tiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага