23 Yanvar 2022 408

Tahlil - kelajak poydevori

IIV JIED 2-son JIEKda Joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda IIV JIED 4-Mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi va koloniya rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi. 

Yigʻilishda IIV JIED 4-Mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi boshligʻi podpolkovnik A.S.Djalilov soʻzga chiqib, koloniya shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, hududda obodonlashtirish va tozalik ishlari, tibbiyot boʻlimida va mahkumlar yashash sahnida yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifati, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni muhokama qildi. 

Bundan tashqari koloniyada mahkumlar mehnat qilishi uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi hamda tegishli tavsiya va takliflarini berdi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага