24 Mart 2023 631

Talaba qizning «telegram»dagi tanishuvi jinoyat bilan yakunlandi

Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridan birida 1 kursda oʻqiydigan talaba qiz, 2003-y.t. P.M., IIBga murojaat qilib, «Telegram» messenjerida “PANDA” nomli profil foydalanuvchisi bilan tanishib, u bilan yaqin munosabatda gaplashgandan soʻng, unga tegishli, sir saqlanishi lozim boʻlgan fotosuratlarini profil foydalanuvchisi qoʻlga kiritib, ushbu maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish va yaqinlariga yuborib, sharmanda qilishini aytib, tarqatmaslik evaziga 1.150.000 soʻm pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “PANDA” profili foydalanuvchisi Andijon shahrida yashovchi 28 yoshli M.A., ekanligi aniqlanib, u P.M.ni qoʻrqitib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1.150.000 soʻm pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

M.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.A. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага