Taʼlim jarayonini samarali tashkil etishda tinglovchilarda ongli intizomlilikni shakllantirish muhimdir
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi oʻquv–dala markazida boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilari bilan Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 10-iyun kunidan 10-iyul kuniga qadar Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishni mustahkamlashga doir “Intizom oyligi” doirasida “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida Ichki ishlar organlarida uzoq yillardan beri namunali faoliyat olib borayotgan Malaka oshirish institutining rahbar xodimlari oʻz bilim va koʻnikmalari, tajribalari bilan oʻrtoqlashib, kasbiy sir-asrorlar, qoʻshimcha takliflar yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.
Jumladan, ular tinglovchilarga yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar va jasur boʻlish, Ichki ishlar organlarida “Temir intizom”ni yoʻlga qoʻyish va qonuniylikni taʼminlash borasida kerakli yoʻriqnoma va koʻrsatmalar berdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati