10 Oktabr 2020 4211

Tangisoy oltinini o'g'irlayotganlar ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan G'allaorol tumanida er osti boyliklarini talon-taroj qilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlar muntazam uyushtirilmoqda.

Jumladan, bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlar natijasida Buloqboshi qishloq fuqarolar yig'ini hududidagi Tangisoy tog'idan oltin rudasini qaziyotgan 1995 yilda tug'ilgan A.X. ushlandi. Buloqboshi qishlog'ida yashovchi ushbu shaxsdan 1 dona elektrodvigatel`, 1 dona perforator hamda 10 kilogramm ruda olingan.

Ayni mazmundagi noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanayotgan yana bir buloqboshilik, 1977 yilda tug'ilgan A.K. ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

Qonunbuzar 1 dona elektrodvigatel` va 1 dona perforator yordamida Tangisoydan 10 kilogramm ruda qazib olganligi ma'lum bo'ldi.

Holatlar yuzasidan G'allaorol tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага