18 Iyun 2021 932

Taniqli aktrisa nomidan feyk akkaunt ochib, odamlarning pullarini echib olgan 10-sinf o'quvchisi aniqlandi

Ma'lum bo'lishicha, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. joriy yilning 15 mart kuni Nukus shahar ichki ishlar bo'limiga murojaat qilib, kuni kecha, ya'ni 14 mart kuni qizi N.R.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog'idagi profiliga “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” nomi bilan ochilgan noma'lum profil` egasi tomonidan “Siz 200 000 so'm pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelganligi, profil` ortidagi noma'lum shaxs bilan yozishma jarayonida, uning aldovlariga ishonib o'ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib berganligi, so'ng shu kuni soat 21.00larda bank kartasida mavjud bo'lgan jami 600.000 so'm miqdordagi puli yo'qolganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlandi.

Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi yana bir bor ogohlantiradi, bank kartalaringizning kodi va parolini hech qanday sharoitda, hech kimga ma'lum qilmang, sodda bo'lmang, firibgarlarning nayranglariga tushib qolmang.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага