17 May 2022
288
Taqiqlangan modda bilan bogʻliq navbatdagi fakt Yangihayot tumanida aniqlandi
2022-yil 15-may kuni soat 15:05 larda Yangihayot tumanida joylashgan “Yangihayot” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimi M.Tojiboyev tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan K.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan sellofanga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro K.M. va aniqlangan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.
IIV JXD YHXX Axborot xizmati