29 Aprel 2022 903

Taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq aniqlangan navbatdagi faktlar

Tekshiruvlar davomida:

- 2022 yil 26 aprel kuni soat 20:50 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Sharipov va D.Payziyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan S.X.ning yonidan 1 dona “Tropikamid” nomli psixotrop va 2 dona tarkibi nomaʼlum bo‘lgan dori vositalari shuningdek, avtomobil salonidan jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro S.X. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 26 aprel kuni soat 22:40 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Djumanazarov va Sh.Xikmatovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Malibu” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.J.ning yonidan 2 dona gugurt qutisiga solingan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.J. va aniqlangan moddalar Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 25 aprel kuni soat 22:45 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari B.Rustamov va I.Djumaboyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.S.ning yonidan 1 dona “Tropikamid” nomli psixotrop va 10 dona tarkibi nomaʼlum bo‘lgan dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.S. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 26 aprel kuni soat 01:20 larda, Olmazor tumanida joylashgan “Mineral suvlar” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Abduvoxidov va J.Boymirzayevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Vaz-21093” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan J.R.ning yonidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan quritilgan o‘simlik va sellofanga o‘ralgan jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.R. va aniqlangan moddalar Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yo‘llarda tekshiruvlar davom etmoqda...

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага