6 Avgust 2022 550

Taqiqlangan moddalarni olib yurgan yana uch nafar shaxs aniqlandi

Tekshiruvlar davomida:

- 2022 yil 5 avgust kuni soat 04:20 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi R.Tilepov tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Sh.T.ning yonidan 2 dona “Tropikamid” nomli psixotrop dori vositasi va sellofanga solingan, oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.T. va topilgan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 5 avgust kuni soat 02:45 larda, Yunusobod tumanida joylashgan “Uch qahramon” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Yu.Toshmatov va X.Xalilovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi, 1992 yilda tug‘ilgan K.G.ning yonidagi sigareta qutisi ichidan, sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro K.G. va topilgan modda Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 5 avgust kuni soat 04:30 larda, Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Allayev tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan D.I.ning yonidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi D.I. va topilgan modda Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yo‘llarda tekshiruvlar davom etmoqda...

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага