22 Iyun 2022 307

Tartib-intizom va masʼuliyatni kuchaytirish samaradorlikning asosiy omilidir

“Intizom oyligi” doirasida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Institutda xodimlar va tinglovchilarni Intizom ustavi qoidalariga hamda formali kiyim-bosh kiyish tartibiga qatʼiy amal qilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Institut boshligʻi, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan hozirgi kunda ichki ishlar tizimida xodima ayollar uchun yaratilayotgan shart sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar hamda institutda oʻrnatilgan ichki kun tartib bilan tanishtirish uchun boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchi xodimalar bilan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotida xodimalarga yigʻin davomida xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari kerakligi va oʻrnatilgan kun tartibiga amal qilgan holda darslarni olib borishlari, oʻqituvchilar tomonidan berilgan amaliy va nazariy bilimlarni mukammal darajada oʻzlashtirishlari va saf nizom qoidalarini oʻzlashtirishlari kerakligi aytib oʻtildi. Xodima ayollarning oʻquv kursi boʻyicha qiziqtirgan savollariga institut boshligʻi tomonidan javoblar berildi.

Mashgʻulot davomida IIO xodimi, uning asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari yana bir karra tushuntirilib, Institut hududida yurish-turish va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda qatʼiy rioya qilishlari lozimligi uqtirildi

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага