Tartib-intizom va masʼuliyatni kuchaytirish xizmat samaradorligining asosiy omilidir
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlari, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi oʻquv bazasida ichki ishlar organlari xodimlarining uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida malakasini oshirish uchun navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvon berish uchun maxsus malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar, hamda Bektemir oʻquv bazasida navbatdagi tashkil etilgan safdorlar va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash oʻquv kurslari tinglovchilari bilan ertalabki yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh Boshqarmasi Taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi OʻMIB tezkor vakili, podpolkovnik Otabek Bozorov soʻzga chiqib, shaxsiy tarkibga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, tamagirlik va poraxoʻrlik, oʻziga bogʻliq boʻlmagan ishlarga aralashmaslik, doimiy ravishda fuqarolar va hamkasblari bilan xushmuomalada boʻlish, ichki ishlar organlari xodimi degan sharafli nomga dogʻ tushirmaslik lozimligi toʻgʻrisida taʼkidlab, oʻtgan oyda Respublika ichki ishlar organlarida va viloyati IIBda xizmat qilib kelayotgan ayrim xodimlarning nojoʻya xatti-harakatlari, mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanganlik, xizmat va ijrochilik intizomini qoʻpol ravishda buzish va boshqa holatlar boʻyicha maʼlumotlar yetkazildi. Xizmat va ijrochilik intizomi qoʻpol ravishda buzgan yoki yuqorida koʻrsatilgan salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qonunlarda koʻrsatilgan keskin choralar koʻrilishi, kelgusida xodimlar tomonidan shu kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, yoʻl-transport qoidalariga qatʼiy amal qilishliklari tushuntirildi. Har qanday qonunbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi holatlari intizomiy yigʻilishda Kadrlar boʻlimi va Shaxsiy xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokida muhokama qilinishi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Ulugʻbek Rasulev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlar, olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xizmatlarga berilayotgan eʼtibor, xodimlar bilan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ijtimoiy himoya yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklari, shuningdek, xodimlarning mashaqqatli xizmatlari, ularga hamda oila aʼzolariga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yetkazildi.
IIV Malaka oshirish instituti