22 Iyul 2022 4135

“Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti aʼzosi qidirilmoqda

Mirzarahimov Otabek Hasan o‘g‘li – 20.11.1995 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Oilali. Muqaddam Yangiyo‘l shahar “Mustaqillik” MFYda yashagan.

Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, u blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanib, "Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining g‘oyalarini hamda oqim targ‘ibotchilarning diniy mazmundagi materiallarni targ‘ib qilib, tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan, Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O.Mirzaraximovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244(1)-moddasi 3-qismi «G» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага