21 May 2022 304

Tekshiruvlar davomida taqiqlangan moddalar bilan bogʻliq yana bir qancha faktlar aniqlandi

Tekshiruvlar davomida:

- 2022-yil 20-may kuni soat 02:10 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Dosimov va F.Djoʻrayevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yoʻlovchi, 1988-yilda tugʻilgan M.K.ning yonidan 4 dona «Zardeks» nomli psixotrop dori vositalari hamda sellofanga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.K. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 20-may kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Djumaboyev va R.Tilepovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1997-yilda tugʻilgan T.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.A. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 20-may kuni soat 02:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Djumaboyev va R.Tilepovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yoʻlovchi, 1994-yilda tugʻilgan R.T.ning yonidan yashil rangli, oʻtkir hidli, quritilgan oʻsimlik moddasi va sellofanga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.T. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 20-may kuni soat 13:40 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Poʻlatov va M.Sharipovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan zar qogʻozga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.A. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 20-may kuni soat 09:10 larda, Olmazor tumanida joylashgan “Keles” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Ilxomov tomonidan, haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan O.Q. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan 1 dona «Tropikamid» va 4 dona «Zardeks» nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.Q. va aniqlangan vositalar Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 21-may kuni soat 01:15 larda, Yangihayot tumanida joylashgan “Yangihayot” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari S.Alimov va D.Otaboyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.U.ning yonidan 3 dona sellofanlarga solingan, oq rangli, oʻtkir hidli, kukunsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.U. va aniqlangan moddalar Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага