19 Yanvar 2023 714

Telefon orqali noqonuniy diniy mazmundagi materiallarni tarqatgan shaxs jarimaga tortildi

Joriy yilning 13 yanvar kuni, Bag‘dod tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning Mirzaobod MFYda yashovchi fuqaro M.M.ga tegishli “Samsung” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilganda, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida profil ochib, ushbu profil orqali diniy mazmundagi audio va video maʼruzalarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-moddasi prim 2-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tumani sudiga yuborilgan. Sud huquqbuzar M.M.ga yuqoridagi moddaga asosan, 900.000 so‘m miqdorda jarima jazosi tayinladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага