Diniy mazmundagi ta'qiqlangan materiallarni saqlab, tarqatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
O'zbekiston Respublikasi IIV TXTBB, Toshkent shahri aeroportlarida XTB TeQKB xodimlari tomonidan uzoq muddatga ketib, terrorchilik tashkiloti ta'siriga tushgan shaxslarni aniqlash bo'yicha olib borilayotgan tezkor-surishtiruvlar davomida, joriy yilning 18 fevral` kuni “Novosibirsk-Toshkent” yo'nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1996 yilda tug'ilgan Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida ro'yxatda turuvchi X.R. bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbat davomida u Rossiya Federatsiyasida ishlashi davomida “Xizbut-tahrir” terrorchilik tashkilotining ta'siriga tushganligi ma'lum bo'ldi. Unga tegishli bo'lgan “Vertex” hamda “Redmi” rusumli uyali telefon apparatlari tekshirilganida, xotirasida diniy mazmundagi ta'qiqlangan materiallarni saqlashi va o'ziga yaqin bo'lgan tanishlariga tarqatganligi aniqlandi. Tekshirib ko'rishlik maqsadida unga tegishli bo'lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi DXX Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi