19 Iyun 2022 291

Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti

Ichki ishlar vazirining Farmoyishi asosida oʻtkazilayotgan “Intizom oyligi”da Forish tumani IIB shaxsiy tarkibining oila aʼzolari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.Tadbirda Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maslahatchisi polkovnik B.Murodov, Forish tumani prokurori I.Narziyev, Forish tumani IIB boshligʻi, mayor Q.Nazarovlar soʻzga chiqishdi.

Tadbirda 10 nafar ichki ishlar xodimlarning ota-onalariga “Tashakkurnoma” va esdalik sovgʻalari hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori kapitan O.Qarshiboyevga navbatdagi mayor maxsus unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek mehmonlar va xodimlarning oila aʼzolari oʻlkashunoslik muzeyida ham boʻlishdi.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага