16 Iyun 2022 220

Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti

Joriy yilning 14-iyun kuni Qiziriq tuman “Madaniyat uyi” binosida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 7-iyundagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda «Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda, “Ichki ishlar organlari oʻrtasida xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash, favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida joriy yilning 10-iyun kunidan 10-iyul kuniga qadar oʻtkazilayotgan «Intizom oyligi” doirasida Qiziriq tumani IIB shaxsiy tarkibning oila aʼzolari, tuman IIB boshligʻi Gʻ.Xoʻjamqulov, Tuman IIB boshligʻining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik J.Shaymardanovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan Qiziriq tuman IIB boshligʻi podpolkovnik Gʻ.Xoʻjamqulov yurtimizda Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qilinayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasidagi imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, har bir ichki ishlar organlari xodimlari temir intizomga amal qilib, halollik bilan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik bilan faoliyat olib borishlari lozimligi haqida soʻz yuritdi.

Uchrashuv davomida, ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun tuman “Madaniyat uyi” xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, ularga olam-olam quvonch va zavq bagʻishladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага