25 Iyun 2021 1514

Temir yo'l - o'yingoh emas!

24 iyun` kuni soat 19:27 larda Andijon viloyati IIB TXTBga Paytug' temir yo'l bekati boshlig'i telefon orqali Paytug' bekatida vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi haqida xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, bo'sh vagonlar ustiga chiqqan, Izboskan tumani, Paytug' shahar, “A.Temur” MFYda yashovchi, 2008 y.t. voyaga etmagan Ch.T. ekanligi, va uni o'z ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi aniqlangan.

Ch.T.ga zudlik bilan birinchi yordam ko'rsatilib, Paytug' tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo'limiga yotqizilganligi ma'lum qilingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Shu o'rinda ota-onalardan farzandlariga e'tiborliroq bo'lishlari hamda temir yo'l atroflarida sayr qilishga qo'ymasliklarini so'rab qolamiz. eslatib o'tamiz temir yo'lda yuqori kuchlanishli tok mavjud. Befarqlik esa siz va yaqinlaringiz hayotiga xavf tug'dirishi mumkin.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага