Termiz davlat universitetida qonunchilik targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 12-may kuni termiz davlat Universitetining Yuridik fakultetida Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida “Jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Giyohvandlik asr vabosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”, “Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va bu borada yangi chiqarilgan qaror loyihasi”, “Xavfsiz turizmni tashkil qilish” kabi mavzularda Yuridik fakulteti va Jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Oʻtkazilgan davra suhbati davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish qilindi, bu borada talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, tadbir ularda ijobiy taassurot qoldirdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati