15 May 2022 284

Termiz shahrida viloyat sektor rahbarlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 14-may kuni Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligida viloyat sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan sayyor qabulda Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi A.S.Ismoilov ham ishtirok etib, 20 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Mazkur murojaatlarning aksariyati, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv, yoʻl harakati xavfsizligi, oila-turmush doirasidagi kelishmovchilik, uy qamogʻidan ozod qilish, pasport olish va IIOga ishga tiklash masalalarini oʻz ichiga oladi.

Kelib tushgan murojaatlarning barchasi tegishli tartibda roʻyxatga olinib, qabul jarayoni davomida viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi.

Termiz shahar “Boʻston” mahallasida yashovchi asli Turkmaniston Respublikasida tugʻilgan Bibutova Raima Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaroligiga tan olinishi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi olish masalasida qilgan murojaati boshqarma boshligʻi tomonidan qabul qilinib, ijobiy hal etilish masalasi koʻrib chiqildi va unga qisqa muddat ichida identifikatsiya ID-kartasi topshirilishi belgilandi.

Oʻrganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi boshqarma boshligʻi tomonidan nazoratga olinib, ularga muddatlar belgilandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага