15 Yanvar 2022 4013

Termizda munosiblar taqdirlandi

Termiz shahridagi sanʼat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vohadagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, huquq tartibot idoralari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Toʻra Bobolov tomonidan Prezidentimizning bayram munosabati bilan yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirilgach, viloyatimiz tinchligi uchun xizmat qilayotgan jonkuyar xodimlar, harbiy xizmatchilar bilan birga, hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlashda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlaridan bir guruhi faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага