Tezkor tadbir davomida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlarini saqlab kelgan shaxslar fosh etildi
Buxoro viloyati IIB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi va Qorakoʻl tumani IIB xodimlari hamkorligida tuman hududida olib borilgan tadbir davomida “Shakarchi” mahallasida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan R.A. ismli shaxs tomonidan 205 kg hamda “Dargʻali” mahallasida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan T.A. ismli shaxs tomonidan 153 kg qoʻlbola usulda tayyorlangan muzlatgichda kelib chiqishi nomaʼlum hayvonga mansub boʻlgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.
Holat boʻyicha viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi veterinariya-sanitariya ekspertiza, mikrobiologiya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasining tegishli xulosasiga koʻra ushbu goʻsht va goʻsht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi aniqlangan.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati