30 Sentabr 2022 841

Tinglovchilar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda taʼlimning oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prokuratura Akademiyasi masʼul xodimlari hamkorligida Vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda taʼlimning oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura Akademiyasi jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va oʻrganish markazi katta prokurori, adliya maslahatchisi J.M.Miraxmedov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura Akademiyasi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish kafedrasi katta oʻqituvchisi, adliya kichik maslahatchisi, A.M.Axmedov, Yuqori Chirchiq tumani prokurori katta yordamchisi, M.B.Karimberdiyev, Yuqori Chirchiq tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari, kapitan F.T.Maxmudovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Oʻquv kursi boshligʻi, podpolkovnik A.M.Abjalov soʻzga chiqib, davra suhbatini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad tinglovchilar tomonidan kelgusi xizmat faoliyatlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, bu jinoyatga birgalikda qarshi kurashish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda taʼlim sohasi rolini kuchaytirishdan iborat ekanligini va shu bilan birga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan soʻzlarini taʼkidlab oʻtdi.

Suhbat davomida prokuratura masʼul xodimlari birma-bir soʻzga chiqib, korrupsiyaga qarshi taʼlim sohasida olib borilayotgan ishlar, korrupsiyaga qarshi taʼlimning zamonaviy mexanizm va vositalarini qoʻllash tartibi, qolaversa, davlat xizmatchilari va tinglovchilarni korrupsiyaga qarshi oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berib, atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tinglovchilarga korrupsiya illati jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni yuzaga keltirishi, aholining, xalqning olib borilayotgan islohotlarga boʻlgan ishonchini yoʻq qilishi, jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarda adolatsizlikni vujudga keltirishi, eng yomoni, aholi oʻrtasida turli xil noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekanligi tushuntirib oʻtildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi taʼlimning oʻrni, ushbu sohadagi kelgusidagi rejalar xususida soʻz yuritildi.

Davra suhbati yakunida tinglovchilar korrupsiya mavzusida oʻz savollariga masʼul xodimlar tomonidan javoblar olishdi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага