25 May 2022 309

Tinglovchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi O‘quv-dala markazida Vazirlik Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar rejasiga muvofiq o‘quv kursi tinglovchilari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tarixi, O‘zbek xalqining urf-odatlari, o‘tmish tarixini qamrab olgan, hamda vatanparvarlik hissini oshiruvchi badiiy filmlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan suratga olingan  “Ibrat” va “Ilhaq”  badiiy filmi tinglovchilarga namoyish etildi.

Real voqealarga asoslangan filmni suratga olish ishlari O‘zbekiston va Belarusda o‘tgan. Film Ikkinchi jahon urushida farzandlarini yo‘qotgan onalar, ularning jasoratiga bag‘ishlangan. Filmning bosh qahramonlaridan biri - Toshkent viloyati Xonobod qishlog‘ida yashovchi Zulfiya Zokirova bo‘lib, ayaning urushda barcha 5 o‘g‘li halok bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushidagi voqealar va unda askarlar, zobitlar va generallar ko‘rsatgan jasoratni esga olar ekanmiz, Vatanga o‘zi uchun eng qadrlisi – o‘z o‘g‘illarini fido aylagan onalarni esga olmaslikning iloji yo‘q. 

Film aynan shu maqsad – Vatan yo‘lida ulkan yo‘qotishni matonat bilan boshdan kechirgan onalar xotirasini abadiylashtirish maqsadida suratga olingan.

Yuqoridagi filmlar namoyishi orqali tinglovchilarni ona vataniga bo‘lgan sadoqati, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xizmat vazifalarini bajarishda hushyorlik va sergaklikni oshirish, turli xil holatlar sahnalashtirilgan ushbu badiiy filmlarning namoyishini ko‘rib, tinglovchilar maʼnaviy hordiq oldilar.

Film namoyishidan so‘ng, so‘zga chiqqan o‘quv kursi rahbariyati va tinglovchilarning faol aʼzolari tomonidan davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida yaratilgan yangi ijod mahsuli xalqimizning boy maʼnaviy xazinasidan o‘rin olishini eʼtirof etdilar va tinglovchilar badiiy filmlardan ijobiy o‘rnak oldilar.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага