24 Noyabr 2022 388

Tinglovchilar bilan o‘q otish amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi

IIV Malaka oshirish instituti va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan 2021 yilning 5 oktyabr kuni tasdiqlangan qo‘shma “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi bo‘yicha” o‘quv dasturi asosida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan Institutning Bektemir tumani bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inining asosiy maqsadi – o‘qotar qurollar va maxsus vositalardan to‘g‘ri foydalana oladigan, qo‘riqlashga olingan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishi va xavfsizligini taʼminlay oladigan, murakkab vaziyatlar va ekstremal holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, yuqori jangovar, axloqiy – maʼnaviy va ruhiy fazilatlarga ega, xizmat faoliyatida jismoniy va asabiy – ruhiy zo‘riqish faktorlariga nisbatan chidamli hamda huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlashga qaratildi.

Shu sababli, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga, kasbiy tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik va huquqiy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘quv yig‘ini davomida tinglovchilarga Institut professor – o‘qituvchilari tomonidan o‘qotar qurollardan foydalanish va ularni qo‘llashning huquqiy asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Bugun ushbu o‘quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi O‘quv-dala markazida o‘q otish amaliy  mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar avvalida Institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov tinglovchilarga Ichki Ishlar Vazirligining belgilangan buyruq va yo‘riqnoma talablarini tushuntirdi shuningdek, Institut malakali o‘qituvchilari tomonidan o‘q-otar quroldan foydalanish va qo‘llashda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilish, qurolni  o‘qlash hamda nishonga olish tartibi to‘g‘risida tushuntirildi.

Shundan so‘ng ular o‘quv-dala markazi o‘q otish maydonchasida ikki bosqichda, birinchi bosqichda "Makarov" pistoletidan va ikkinchi bosqichda “Kalashnikov” avtomatidan o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazdi. Mashg‘ulot yakunlangach, natijalar masʼul xodimlar tomonidan baholanib, yaxshi natija ko‘rsata olmaganlarga kerakli yo‘riqnomalar berildi.

Albatta, bunday amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish xodimlarning o‘q-otar qurolga nisbatan ko‘nikmasini hosil qilishda, uni  mohirona qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishda va doimiy jangovar holatda bo‘lishlarini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага