26 Sentabr 2022 719

Tinglovchilar oʻrtasida sport estafetasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida, Malaka oshirish institutining ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilingan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilari oʻrtasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidasport estafeta oʻyinlari oʻtkazildi.

Sport oʻyinlari musobaqasini oʻtkazishdan maqsad –jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish, sogʻlom turmush tarzini tinglovchilarning ongiga singdirish, ularning jismoniy va jangovar shayligini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishdan iborat ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Estafeta oʻyinlari 5 bosqichda oʻtkazilib, “Burgutlar”, “Temurbeklar” “Qalqonlar” jamoalariga boʻlinib, har bir jamoada 10 nafardan tinglovchi ishtirok etdi. Musobaqa juda shiddatli va yuqori saviyada oʻtkazildi.

Musobaqa soʻnggida ishtirokchilar – oʻtkazilgan sport oʻyinlari haqidagi fikrlar bilan oʻrtoqlashib, musobaqa oʻquv kursi masʼullari tomonidan yuqori saviyada tashkil etilganligini, tinglovchilar oʻrtasida ommaviy sport va jismoniy madaniyatni shakllantirish, musobaqa davomida doʻstona harakatlanishlari, ishtirokchilarni birdamlikka chorlashi bilan ularda ijobiy taassurotlar qoldirganini taʼkidlab oʻtdi.

Musobaqa yakuniga koʻra 5 bosqichda oʻtkazilgan shartlarda umumiy 33 ballni qoʻlga kiritgan “Temurbeklar” jamoasi faxrli 3-oʻrinni, 35 ballni qoʻlga kiritgan “Qalqon” jamoasi esa faxrli 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, musobaqaning mutlaq gʻolibligini 41 ball bilan “Burgutlar” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Gʻolib boʻlgan jamoalar rahbariyat tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага