15 Yanvar 2022 4082

Tinglovchilar qasamyod qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻquv-dala markazida Ichki ishlar organlarining ofitser va serjant lavozimlarga toʻgʻridan-toʻgʻri tanlov asosida qabul qilinib, boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kursida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olayotgan tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tantanali marosimi oʻtkazildi. 

Tadbirda Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi hamda professor-oʻqituvchilari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari, tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, mamlakatimizning kelajagi uchun, yangicha fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, jonkuyar ichki ishlar organlari xodimi boʻlish uchun kasbiy bilimlarni chuqur egallash kerakligini aytib oʻtdi.

Tinglovchilar ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda berdilar. 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага