Tinglovchilarga salomatlik boʻyicha foydali va kerakli maʼlumotlar berildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Oʻzbekiston” sanatoriysi boshligʻi polkovnik A.R.Moʻminova Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqib, tinglovchilar bilan davra suhbati oʻtkazdi.
Davra suhbati davomida bugun mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy bilimlarini oshirish, tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini doimiy eʼtiborida ekanligini bildirib oʻtdi.
Shuningdek, tinglovchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan oʻzining fikr-mulohazalarini bildirib, tinglovchilarga oʻzboshimchalik bilan turli xil ozdiruvchi dorilarni isteʼmol qilmasliklarini va bunday holatlarda shifokorga murojaat etishlarini, IIO xodimlari oʻrtasida uchrayotgan turli xil kasalliklarni oldini olishda toʻgʻri ovqatlanish, sport bilan muntazam ravishda shugʻullanish, ortiqcha vazndan xalos boʻlish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati