21 Noyabr 2022 548

Topib olingan plastik kartada sal kam 60 mln. soʻm boʻlib chiqdi

Toshkent shahrida 2022-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli A.A., Yunusobod tumani IIO FMB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida, joriy yilning 7-noyabr kuni unga tegishli boʻlgan plastik kartasidan 58.984.000 soʻm miqdoridagi pullar nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni aniqlashda va ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyat opa-singillar, 27 yoshli Z.D. va 18 yoshli Z.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Z.D. va Z.M.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b” va «g» bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar soʻroq qilinganlarida, Z.D. mazkur plastik kartani uzi operator boʻlib ishlaydigan “Malika” savdo majmuasida joylashgan doʻkonidan topib olganligini, keyinchalik esa topib olingan plastik karta toʻgʻrisida oʻzining singlisi Z.M.ga xabar berib, birgalikda bankomat oldiga borib, tavakkal qilib parol tariqasida “7777” raqamini terishganliklari, shu tariqa plastik kartani himoya kodini bilib olib, unda boʻlgan pullarini yechib olishganliklarini maʼlum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, jinoyatchilarning ishini osonlashtirib, plastik kartangizga oddiy parol qoʻymang!

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага