13 Yanvar 2022 4011

Toʻqqizinchi sinf oʻquvchisi masjidda oʻgʻirlik qildi

2022-yil 9-yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 06:40 larda, Namangan shahar hududida joylashgan jome masjidiga namoz oʻqishga kelib, masjid kirish eshigidagi ilgichga egnidagi kurtkasini ilib kirib ketganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, kurtkasining choʻntagida boʻlgan narxi 2.500.000 soʻmlik “Oppo A54” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida ota-onasi qaramogʻida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf oʻquvchisi, 2006-yilda tugʻilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov  boʻlinmasi tomonidan 2022-yil 9-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага