30 Sentabr 2022 714

Toshkent shahar IIBB boshligʻining sayyor uchrashuvlari: Mirzo Ulugʻbek tumani yoshlari bilan muloqot

Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Tashpulatovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi Mirzo Ulugʻbek tumanida boʻlib oʻtdi. Tadbirda IIBB boshligʻining oʻrinbosarlari, tuman hokimi, Mirzo Ulugʻbek tumani sektor rahbarlari, tuman IIO FMB boshligʻi podpolkovnik Farrux Haydarov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi vakillari, sohaviy xizmat rahbarlari, 320 dan ortiq fuqarolar, shundan 260 nafar yoshlar vakillari qatnashdilar. 

Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻz nutqida, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Uchrashuv davomida Toshkent shahar IIBB boshligʻining yoshlar bilan sayyor qabuli ham oʻtkazildi. 

Sayyor qabulda yoshlar 25 dan ziyod masalalar bilan murojaat etishdi. Har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yigʻilish davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 11 nafar yoshlarga turli xildagi texnikalar ajratilganligi toʻgʻrisida, xorijiy til va kasb-hunar, haydovchilik badalini qoplash boʻyicha subsidiya ajratilganligi toʻgʻrisida hamda oliy va professional taʼlim kontrakt toʻlovini qoplash yuzasidan sertifikatlar topshirildi. 

Tadbir yakunida IIBB boshligʻi tomonidan, uchrashuvda faol qatnashgan 40 nafar yoshlarga esdalik sovgʻalari berildi.

Bu kabi uchrashuvlar shaharning barcha tumanlarida oʻtkazilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага