6 Fevral 2023 353

Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida tashkil etilgan oʻquv kurslari toʻgʻrisida

Oʻquv kurslarining navbatdagi kunida Markaz xodimlari tomonidan har bir bola va ularning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarni oʻrnatishga qaratilgan psixologik treninglar oʻtkazildi.

Shu bilan birga, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. “Barkamol avlod” bolalar maktabining malakali oʻqituvchilari bilan birgalikda ona tili va adabiyot, tarix, tasviriy sanʼat kabi fanlardan toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazildi. 

Shuningdek, oʻgʻil bolalar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha sport musobaqalari tashkil etilib, qizlar tikuvchilik va biser tikish toʻgaraklarida shugʻullanishdi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага