16 Iyun 2022 383

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Oramizdagi qahramonlar” ijtimoiy loyihasida gʻolib boʻldi

Poytaxtda “Faol fuqarolar haftaligi – 2022” xalqaro festivali oʻtkazilmoqda. Haftalik doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan “Oramizdagi qahramonlar” nomli ijtimoiy tanlovning gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan 22 ta nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda 21 nafar faol fuqarolar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Taqdirlangan fuqarolar orasida 3 nafari ichki ishlar organlari xodimlari bor boʻlib, ulardan ikki nafari Toshkent shahar IIBB xodimlari ekanligidan faxrlanamiz. Sergeli tumani IIO FMB profilaktika inspektori katta leytenant Alibek Maxmaraimov va Chilonzor tumani IIO FMB xodimi leytenant Farxod Rafiyevlar oramizdagi oddiy odamlar. Lekin ular boshqa shaxslarning hayotiga befarq boʻlmagan, kasbining haqiqiy fidoyilari. Ularning jasorati - xavf ostida qolgan insonlarning hayotini saqlab qoldi, bir oilaning farzandi, yana bir oilaning otasi uyiga sogʻ-salomat qaytib keldi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB, Milliy Gvardiya va jamoatchilik faollarining «Mushukkent» ijtimoiy loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi uchun “Oramizdagi qahramonlar” diplomi bilan taqdirlandi.

«Mushukkent» ijtimoiy loyihasining barcha faollari – Rano Makarenko, Aleksandra Ivanyujenko, Iroda Matkarimova, Irina Sayfuddinova, Nilufar Isaxanova, Anastasiya Bavend va boshqa koʻngillilarni gʻalaba bilan tabriklaymiz!

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага