3 Fevral 2023 714

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan bir nechta doʻkonlardan oʻgʻrilik qilishda gumon qilingan shaxs qoʻlga olindi

Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga koʻra, joriy yilning 15-yanvar kuni, nomaʼlum shaxs tuman hududida joylashgan doʻkondan jami 21.500.000 soʻmlik texnikani oʻgʻirlab ketgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida, Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va ushlash choralari koʻrilib, tez orada muqaddam sudlangan 35 yoshli Artyom D. qoʻlga olindi. Tergov jarayonida Artyom avvalroq Sergeli, Chilonzor va Mirobod tumanlarida joylashgan yana uchta doʻkondan 45.000.000 soʻmdan ortiq turli xil tovarlarni oʻgʻirlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov davom etib, gumonlanuvchining shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага