Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan xotin-qizlar uchun oʻquv kurslari tashkillashtirildi
Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari tomonidan ayollarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, kasbga yoʻnaltirish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda poytaxt IIBB HPB xotin-qizlar masallari boʻyicha boʻlimi va Shayxontohur tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda tumanda yashovchi “ayollar” va “temir” daftarlariga kiritilgan hamda probatsiya hisobida turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni oʻzini oʻzi band qilishi va kasbga yoʻnaltirish maqsadida «Su-djok terapiya» usulida bepul tibbiy, oʻquv kurslari tashkil etildi.
Mutaxassislar ishtirokchilarga ushbu terapiya usullari haqida soʻzlab berishdi va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishdi.
Oʻquv kursi yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, oʻzlari tanlagan kasb boʻyicha ishga joylashishlarida amaliy yordam koʻrsatildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati