22 May 2020 1148

Toshkent shahar IIBB xodimlarining hushyorligi sababli YPX postida tekshirilgan avtomobilda qurollar topildi

19-may kuni Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida, 2-batal`on YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul`-post xizmati 5-batal`oni safdori SH. Xoshimovlar xizmat olib borishgan. Soat 21:30 atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – “Nexia” rusumli (davlat raqami 01 O 417 SA) avtomobil` ularning e'tiborini tortdi.

Mashina to'xtatilganda, haydovchining o'zini tutishi xodimlarda shubha uyg'otdi. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo'ldi. Xolislar ishtirokida o'tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va to'pponchaning odatda "pugach" deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – SHayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli Sayidmuxtor A.ga tegishli edi.

YUqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun Sayidmuhtor A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага