12 Oktabr 2022
898
Toshkent shahar IIBBda Xalqaro qizlar kuni nishonlandi
“11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim masʼul xodimlari tomonidan Toshkent shahar Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universitetida “Yangi Oʻzbekistonning faol va tashabbuskor qizlari” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oliy oʻquv yurtining professor-oʻqituvchilari va talaba qizlari qatnashdi.
Ishtirokchilarga Maʼnaviyat va axborot-resurs markazi orkestri hamda PPX brigadasining isteʼdodli xodimlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Kuylangan kuy-qoʻshiqlar tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.
Bunday bayram tadbirlari poytaxtimizning barcha tumanlarida boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati