23 Iyul 2021 6321

Toshkent shahar IIBBning bir qator xodimlariga turar-joy ijarasi to'lovida yordam ko'rsatildi

Ichki ishlar organlari xodimlarini munosib ijtimoiy himoya bilan ta'minlash masalasi doim e'tibor markazida bo'lib kelgan. Xodimlarning yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha xizmat sifati ham to'g'ridan-to'g'ri shu masalaga bog'liqdir.

Turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan xodimlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonuniga va ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 iyundagi tegishli buyrug'iga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga turar-joy ijarasi uchun har oylik to'lov haqi berilishi belgilandi.

Yaqinda yuqoridagi hujjatlarga muvofiq Toshkent shahar IIBBning ijarada turuvchi bir qator xodimlariga tantanali ravishda har oylik to'lov haqi topshirildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага