18 Yanvar 2021 4947

Toshkent shahrida aniqlangan firibgarlik holati

2021 yil 13 yanvar` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda O'zbekiston Respublikasi DXX xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Shota Rustaveli ko'chasida joylashgan “Xumo trans” aviakassa rahbari K.E. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo'luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishiga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiya Federatsiyasiga borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1.450 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida fuqaro K.E. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1.200 AQSh dollaridan jami 94.800 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag'larini qo'lga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 13 yanvar` kuni Toshkent shahar IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro K.E.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага