18 Yanvar 2021 4313

Toshkent shahrida aniqlangan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o'tkazish o'tkazish jinoyati

2021 yil 14 yanvar` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar, Yangixayot tumani Qo'yliq-3 mavzesida joylashgan “Texno invest” MChJ bazasida ijarada bo'lgan xususiy tadbirkorlar M.D. va A.D. iste'mol muddati o'tib ketgan, iste'molga yaroqsiz “Bliss”, “Sochnaya dolina” sharbatlari, “Marinelle” tomat pastasi hamda “Moloko s saxarom” nomli quyultirilgan sut mahsulotlarini muddatlarini yangi sanaga qalbakilashtirib o'zgartirib, 25.000.000 so'mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Ushbu baza hududidagi, M.D. va A.D.lar tomonidan ijaraga olingan 2 ta omborxona ko'zdan kechirilganda jami 2.477.473.000 so'mlik iste'mol muddati o'tib ketgan, iste'molga yaroqsiz, muddatlari yangi sanaga qalbakilashtirilib o'zgartirilgan “Bliss”, “Sochnaya dolina”, “Meva”  shartbatlari, “Koka kola”, “Fanta”, “Sprayt” ichimlikllari, “Marinelle” nomli tomat pastasi, o'simlik ikrasi, ananas, jo'xori, assorti, kabachkali ikra konservalari, “Derevenskaya”, “Moloko s saxarom” nomli quyultirilgan sut, “Amerikan tea”, “Veston tea”, “Arab tea”, Toshkent choy” nomli quruq choy, “Avangard” nomli un mahsulotlari hamda tovarlarning yaroqlilik muddatlarini o'chirishda foydalanilgan atseton suyuqliklari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага